Jinoyat huquqi
Jinoyat ishlari bo‘yicha himoya — har qanday bosqichda
Jinoyat ishlari bo‘yicha tergov oldi, kshiruv, tergov va sud bosqichlarida manfaatlaringizni himoya qilamiz. Protsessual ushlash jarayonida, so‘roqqa chaqirish, tintuv, ish qo‘zg‘atilishi holatlarida ishga kirishamiz — shuningdek, jarayonni sud xukmi chiqarilguniga qadar va uni shikoyat qilish bosqichigacha etkazib oli boramiz.
Butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaymiz va chet elda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini masofadan turib himoya qilamiz.
Bizga kimlar murojaat qilishadi?
Inson yoki uning yaqinlari quyidagi holatlarga duch kelganda:
Protsessual ushlash jarayonida yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kutilmagan chaqiruv
Insonni “suhbat uchun” chaqirishadi, so‘roqqa olib borishadi yoki sabablar aniq tushuntirilmasdan ushlab qolishadi. Yaqinlari nima sodir bo‘layotganini va ushlangan shaxsning qanday huquqlari borligini tushunmaydi.
Tintuv va mol-mulkni olib qo‘yish
Uyda yoki ofisda tintuv o‘tkaziladi, telefonlar, kompyuterlar va hujjatlar olib qo‘yiladi. Shoshilinch huquqiy chora ko‘rish talab etiladi.
Ish sudga yuborilgan
Tergov yakunlangan, materiallar sudga yuborilgan. Sudda aniq pozitsiya va majlislarda himoya zarur.
Jinoyat ishining qo‘zg‘atilishi
Ish qo‘zg‘atilgani haqida qaror keladi, tergov boshlanadi, dastlabki ayblovlar paydo bo‘ladi — himoya yo‘nalishini darhol belgilash muhim.
Tergov jarayonida bosim
Ko‘rsatmalarni majburlab berishga undashadi, advokatga kirish cheklanadi, protsessual normalar buziladi. Biz zudlik bilan bog’lanamiz, protsessual  qoidabuzarliklarni rasmiylashtiramiz va mijoz manfaatlarini himoya qilamiz.
Mijoz chet elda bo‘lgan holda
Ish O‘zbekistonda ko‘rib chiqilmoqda, biroq shaxs boshqa mamlakatda yashaydi. Biz jarayonni o‘z zimmamizga olamiz va uni masofadan turib olib boramiz. Jarayonga aniqlik kiritamiz, nima ayb qoyilatganlini aniqlaymiz, zaruriy himoya pozitsiyasini tanlaymiz, siz bilan aloqda turib huquqiy muamminu echimini topamiz.
Agar siz ushbu vaziyatlardan biriga duch kelgan bo‘lsangiz — advokat qanchalik erta jalb etilsa, himoya imkoniyatlari shunchalik keng bo‘ladi
Nima qilamiz
Jinoyat ishi boyicha to‘liq yuridik hamrohlik qilamiz — dastlabki protsessual harakatlardan tortib, sud qarori va uni shikoyat qilishgacha. Siz tizim bilan, muammo bilan yolg‘iz qolmaysiz.
01
Vaziyatni huquqiy tahlil qilamiz
Ish materiallari, bayonnomalar va qarorlarni o‘rganamiz, protsessual kamchiliklarni aniqlaymiz, xavflarni va ishning rivojlanishining mumkin bo‘lgan oqibatlarni baholaymiz.
02
Himoya yo‘nalishini shakllantiramiz
Aniq holatlarni inobatga olgan holda huquqiy pozitsiyani shakllantiramiz, himoya strategiyasini tayyorlaymiz va jarayonga ta’sir ko‘rsatishning asosiy nuqtalarini belgilaymiz.
03
Tergov jarayonida sizning huquqlaringizni himoya qilamiz
So‘roqlarda, yuzlashtirishlarda va boshqa tergov harakatlarida ishtirok etamiz, iltimosnomalar va shikoyatlar beramiz, bosim va protsessual buzilishlarni to‘xtatamiz.
04
Sudda manfaatlaringizni himoya qilamiz
Protsessual hujjatlarni tayyorlaymiz, sud pozitsiyasini shakllantiramiz, majlislarda ishtirok etamiz va qarorlarni qayta ko‘rib chiqishga erishamiz.
05
Vazifaga mos ravishda jamoani kuchaytiramiz
Murakkab ishlar bo‘yicha pozitsiyani kuchaytirish va kompleks himoyani ta’minlash uchun qo‘shimcha advokatlarni jalb qilamiz.
06
Ishni natijaga qadar olib boramiz
Jarayonni sud qarori chiqarilguniga qadar olib boramiz va zarurat bo‘lsa, apellyatsiya hamda shikoyat bosqichlariga ulanamiz.
Chet eldagi mijozlarga yordam ko‘rsatamiz
Agar siz O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lsangiz, biz ishni masofadan turib yuritishimiz mumkin.

Siz hujjatlarni onlayn yuborasiz, biz esa O‘zbekiston hududida manfaatlaringizni himoya qilamiz, ishning borishi haqida sizni muntazam xabardor qilib boramiz va har bir bosqichda muhim qarorlarni kelishamiz.
Shoshilinch ulanish
Ushlab qolish, so‘roqqa chaqirish yoki ish qo‘zg‘atilishi holatlarida tezkor ravishda ulanamiz.
Vakillik
Tergov harakatlari va sud majlislarida hamrohlik qilamiz, sizning pozitsiyangizni himoya qilamiz.
Natijani nazorat qilish
Ishni sud xukmi va keyingi protsessual bosqichlargacha olib boramiz.
Himoya strategiyasi
Sizning ishingiz bo‘yicha aniq holatlarni inobatga olgan holda harakatlar rejasini shakllantiramiz.
Materiallarni tahlil qilish
Hujjatlar va vaziyatni tahlil qilamiz, xavflar va protsessual buzilishlarni aniqlaymiz.
Jinoyat ishlari bo‘yicha qanday ishlaymiz
Nega bizning jamoamiz bilan ishlashadi
Ishning istalgan bosqichida ulanamiz — ayniqsa murakkab vaziyatlarda.
Biz:
— ish ketuvi va xavflar haqida ochiq gapiramiz
 
— butun huquqiy jarayonni o‘z zimmamizga olamiz
 
— O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida qat’iy ishlaymiz
 
— mijozlarni masofadan turib hamrohlik qilamiz
 
— advokatlik sirini saqlaymiz

— ish jarayonining tushunarli va shaffof bo‘lishini ta’minlaymiz
Butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaymiz — barcha hududlarni qamrab olamiz va chet elda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini masofadan turib himoya qilamiz.
Made on
Tilda