Fuqarolik nizolari
Fuqarolik ishlari
bo‘yicha huquqiy himoya
O‘zbekistonda
va masofadan turib
Jismoniy va yuridik shaxslar bilan nizolarda yordam beramiz: qarzlar, shartnomalar, mol-mulk, kompensatsiyalar — O‘zbekistonda ham, chet elda bo‘lgan fuqarolar uchun ham masofadan turib
Butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaymiz va chet elda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini masofadan turib himoya qilamiz.
Bizga murojaat qilish tavsiya etiladi, agar:
Qarz qaytarilmayapti
Jismoniy shaxs yoki kompaniya majburiyatlardan bo‘yin tovlaydi, e’tirozlar va kelishuvlarni e’tiborsiz qoldiradi.
Mol-mulk bo‘yicha nizo yuzaga kelgan
Kvartira, uy-joy, yer yoki boshqa mulk — huquqiy pozitsiyani rasmiylashtirish va huquqlarni himoya qilish zarur.
Nizo sud bosqichiga o‘tgan
Da’vo arizasi berilgan yoki tayyorlanmoqda — huquqiy pozitsiyani shakllantirish muhim.
Sud qarori bor, lekin ijro etilmayapti
Kontragent ijrodan bo‘yin tovlaydi — ijro jarayonini kuzatib boramiz va amaliy natijaga erishamiz.
Shartnoma shartlari buzilgan
Muddatlar buzilgan, xizmatlar sifatsiz yoki majburiyatlar bajarilmayapti.
Kompensatsiya undirish zarur
Zarar, yo‘qotishlar, asossiz boyish, sug‘urta kompaniyalari yoki kontragentlar bilan nizolar.
Sudga murojaat qilish kerakmi — aniq emas
Vaziyat murakkab yoki noaniq — istiqbollar va xavflarni professional baholash zarur.
Nizoni sudsiz hal qilmoqchisiz
Professional mediator ishtirokida mediatsiya o‘tkazamiz — tezroq kelishuvga erishish va natijani rasmiylashtirishga yordam beramiz.
Huquqiy bahoni qanchalik erta olsangiz, pozitsiyani shakllantirish va ortiqcha asoratlarning oldini olish shunchalik oson bo‘ladi
Nima qilamiz
Fuqarolik nizolari bo‘yicha to‘liq yuridik hamrohlikni ta’minlaymiz — vaziyatni tahlil qilishdan boshlab, sud qarori va uning ijrosigacha. Biz:
01
Ish holatlarini tahlil qilamiz
Hujjatlar, shartnomalar va yozishmalarni o‘rganamiz, tomonlarning faktik holatlari va pozitsiyalarini tahlil qilamiz. Ishning istiqbollari, mumkin bo‘lgan xavflar va rivojlanish senariylarini baholaymiz.
02
Huquqiy pozitsiyani shakllantiramiz
Aniq holatlar, dalillar va sud amaliyotini inobatga olgan holda himoya yoki undirish strategiyasini ishlab chiqamiz. Natijaga erishish uchun pozitsiya va harakatlar tartibini belgilaymiz.
03
Zarurat bo‘lsa, mediatsiya o‘tkazamiz
Professional mediator ishtirokida muzokaralarni tashkil etamiz — imkon bo‘lsa, nizoni sudsiz hal qilishga yordam beramiz.
04
Muzokaralar va sudgacha ishlarni olib boramiz
E’tiroz (pretenziya)larni tayyorlaymiz, muzokaralarda ishtirok etamiz, imkon qadar nizoni sudgacha hal qilishga harakat qilamiz.
05
Sudda manfaatlaringizni himoya qilamiz
Protsessual hujjatlarni tayyorlaymiz, sud majlislarida ishtirok etamiz va huquqlaringizga rioya etilishiga erishamiz.
06
 Vazifaga mos ravishda jamoani kuchaytiramiz
Murakkab ishlar bo‘yicha qo‘shimcha advokatlarni jalb qilib, pozitsiyani kuchaytiramiz va kompleks himoyani ta’minlaymiz.
07
Ishni natijaga qadar olib boramiz
Jarayonni qaror chiqarilguniga qadar nazorat qilamiz va zarurat bo‘lsa, apellyatsiya hamda keyingi bosqichlariga o’tamiz.
Chet eldagi mijozlarga yordam ko‘rsatamiz
Agar siz O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lsangiz, biz ishni masofadan turib yuritishimiz mumkin.

Siz hujjatlarni onlayn yuborasiz, biz esa O‘zbekiston hududida manfaatlaringizni himoya qilamiz, ishning borishi haqida sizni muntazam xabardor qilib boramiz va har bir bosqichda muhim qarorlarni kelishamiz.
Dastlabki ulanish
Vaziyatga tezkor tarzda baho beramiz, dastlabki ma’lumotlarni o‘rganamiz va birlamchi tavsiyalar beramiz.
Sudda vakillik
Prosessual hujjatlarni tayyorlaymiz, sud majlislarida ishtirok etamiz va sizning pozitsiyangizni himoya qilamiz.
Natijani nazorat qilish
Ishni sud qarorigacha va keyingi prosessual bosqichlargacha kuzatib boramiz, huquqiy himoyani ta’minlaymiz.
Strategiyani shakllantirish
Sizning manfaatlaringiz va ishning holatlarini inobatga olgan holda harakatlar rejasini tuzamiz.
Materiallarni tahlil qilish
Hujjatlar va faktlarni tahlil qilamiz, xavflarni va nizoning rivojlanish senariylarini aniqlaymiz.
Sud qarorlarini shikoyat qilish
Barcha instansiyalarda shikoyat qilish jarayonini yuritamiz: apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibi va O‘zbekiston Oliy sudi.
Fuqarolik nizolari bo‘yicha qanday ishlaymiz
Nega bizning jamoamiz bilan ishlashadi
Ishning istalgan bosqichida ulanamiz — ayniqsa murakkab vaziyatlarda.
Biz:
— ish ketuvi va xavflar haqida ochiq gapiramiz
 
— butun huquqiy jarayonni o‘z zimmamizga olamiz
 
— O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida qat’iy ishlaymiz
 
— mijozlarni masofadan turib hamrohlik qilamiz
 
— advokatlik sirini saqlaymiz

— ish jarayonining tushunarli va shaffof bo‘lishini ta’minlaymiz
Butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaymiz — barcha hududlarni qamrab olamiz va chet elda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini masofadan turib himoya qilamiz.
Made on
Tilda